BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

— Siz soat oltida uyg’ondingizmi? Uyquga to’ymadingizmi? Karavotingizda yana bir soatgina yotgingiz keldimi? Lekin ishga borishingiz zarur, shundaymi? Buning qo’rqinchli joyi yo’q. «Dilxush» gazetasini varaqlab o’z ismingizni toping. Topolmadingizmi? Unda turing-da, ishga jo’nang!

 

* * *

 

Ikki erkak narigi dunyoda uchrashib qolishdi.

— Sen nimadan o’lding?

— Muzlatkichda sovqotib o’ldim. O’zing-chi?

— Kulaverib o’lib qoldim.

— Qanday?

— Sevgan ayolimnikida o’tirgandim. Eshik taqillab qoldi. Nima qilishni bilmayman. Ayol erini uyga kiritmay turib qo’liga axlat idishni tutqazdi. Bu orada men kiyindim-da, juftakni rostladim. Uyga kelsam, xotinim qo’limga ostonadan turib axlat idish tutqazayapti. Darrov shubhalanib, ichkarilarni tekshirib chiqdim. Hech kim yo’q. Shundan keyin kulaverib-kulaverib, oxiri o’lib qoldim.

— Jinni, muzlatkichni ochib ko’rganingda, ikkalamiz ham tirik qolardik!

 

* * *

 

Halokat yuz berdi. «Mersedes» hamda «Zaporojes» to’qnashib ketdi. «Zaporojes»dagi odamlarni qutqarib qolishdi. «Mersedes»dagilar halok bo’ldi. Militsionerlar hayron. Axir, «Mersedes»da xavfsizlik yostiqchasi bo’lsa… Qanday qilib halok bo’lishdi ular?..

Shunda vrach kelib ularga dedi:

— «Mersedes»dagilar azbaroyi hayron qolganidan dunyodan o’tdi.

 

* * *

 

Erkak oltin baliq tutib oldi. Baliq undan so’radi:

— Nima tilaging bor?

— Men qaynoq nuqtalarda urush tugatilishini istayman.

— Uf-f… Bu qiyin masala-da! Kel, boshqa tilak tilay qolgin!

— Bo’pti, xotinim go’zal ayolga aylanib qolishini istayman.

— Og’ayni, kel, globusni menga ber, o’sha qaynoq nuqtalarni topa qolaylik!

 

* * *

 

Toshmatning onasi vrachga qo’ng’iroq qildi.

— O’g’limning og’ziga pashsha kirib ketdi. Qanday chiqarib olsak bo’ladi?

— Bir qoshiq asalni og’ziga tutib turing, pashsha o’zi uchib chiqadi! Men ungacha yetib boraman.

Vrach kelsa, ona o’g’lining og’ziga bitta baliq to’g’rilab turibdi.

— E, bu nima qilganingiz? Men asal degandim-ku!

— To’g’ri, men endi uning og’zidan mushukni chiqarib olishim lozim.

 

* * *

 

Erkak olamdan o’tdi. Qorong’i yo’lak bo’ylab ketib borarkan, uzoqda yorug’likka ko’zi tushib o’sha tomon chopib ketdi. Ammo yarim yo’lda bir barvasta erkak uning yo’lini to’sdi.

— Qaerga chopayapsan?

— Hov anavi yorug’lik tomonga.

— Men elektr tashkiloti boshlig’iman. Avval chiroqning pulini to’lab qo’y, keyin o’tasan!

 

* * *

 

Tanishuv e’loni:

— Semizlikdan qiynalayotgan erkak ovqat tayyorlashni bilmaydigan ayolni izlamoqda.

 

* * *

 

Erkak do’konga qo’ng’iroq qilib so’radi:

— Sizlarda sichqonlar uchun maxsus gilamcha yo’qmi?

— Vey, mabodo sizga suvaraklar uchun xalat, mikroblar uchun shippak ham kerakdir-a?

 

* * *

 

Xotin safardan qaytsa, uy qup-quruq. Jihozlar, idish-tovoqlar, umuman, hech vaqo qolmabdi. Er esa, xona o’rtasida boshini ushlagancha o’tirardi.

— Voy, dadasi, uydagi narsalar qani?

— Hammasini sotib yubordim.

— Unda pullar qani?

— Qopchada.

— Qopcha qaerda?

— Ko’zlarimning ostiga qara, o’sha yerda.

 

* * *

 

— Buvi, nega akamni laylak olib kelgan-u, meni karamning ichidan topib olishgan?

— Seni laylak qo’lidan tushirib yuborgan, bolam!