Qirg’ichning kichik tarafidan 1 ta xom kartoshkani o’tkazing. Ustiga 1 osh qoshiq bodomni maydalangani, 3 osh qoshiq yog’siz sut va 1 choy qoshiq biron xil o’simlik yog’ini solib aralashtiring. Yuzga bir tekis qilib surtib 15-20 daqiqadan so’ng sovuq suvda yuvib tashlang. Keyin yuzingiz turiga mos keladigan namlantiruvchi krem surting.
Sepkillarni oqartirish uchun ularni limon, bodring va piyoz suvida artib turing. Yana petrushka suvini siqib artsangiz ham yaxshi foyda beradi. Qulupnayni maydalab yuzizga qalin qilib surtib qo’ysangiz ham foydasini sezasiz.
1 osh qoshiq smetana, 1 osh qoshiq tvorog va 1 choy qoshiq vodorod perekisidan qo’shib aralashtiring. Yuzizga surtib 20-25 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvib tashlang.
Sabzi va limon suvi aralashmasi ham sepkilni yo’qotishga yordam beradi.