Shifokor Sherali Sunnatullayev:
– Dorixonadan yoki gul do’konidan aloe o’simligini xarid qiling. O’simlik bargidan bir donasini uzib, sharbatini ajrating. Paxtali tamponni aloe sharbatida namlab, yuz terisini aylana harakatlar yordamida arting. 10 daqiqadan so’ng iliq suvda chaying. Muolajani bir haftada 2-3 marta takrorlab borsangiz, teri kataklari kirlanmaydi.
– Turli kremlardan foydalanishdan avval tarkibiga ahamiyat bering. Yo’riqnomasida albatta qaysi yoshga mo’ljallanganligi ko’rsatilgan bo’ladi.
– Taomnomaga diqqat qiling! Foydali ozuqa sabab ichki a’zolarda muammo bo’lmasa, yuz terisi ham me’yorda bo’ladi. Asosiysi gazlangan ichimliklarni tanlamaslik.
– Har kuni kechki mahal yuz teringizni iliq suvda chayib, barmoq yordamida yuz sohalarini yengil massaj qiling. Bu yuz terisida qon aylanishini yaxshilaydi.
«Sog’lom hayot»