Jazoir futbol federatsiyasi FIFAga JChga saralash o’yinini qayta o’tkazish borasida rasmiy talab kiritdi. Unda shunday deyiladi:
«Bugun JFF FIFAga Kamerunga qarshi adolatsiz boshqarilgan va janjallarga sabab bo’lgan o’yinni qayta o’tkazish borasida so’rov yubordi. Biz tashkilotchilardan o’yinlarni xolis va barcha me’yoriy qoidalarga amal qilgan holda boshqarilishini ta’minlashni talab qilamiz».
Jazoir mundial saralashidan norozi bo’lgan yagona jamoa emas. Misr ham Senegal bilan bahsdagi «lazerlar shousi»dan ranjib, FIFAga norozilik bildirgan edi.
Izohlarni ko`rish