Yuz go'zalligiga erishing!

Yuzdagi qora nuqta – bu epiteliy teshiklarning chang va yog’ bezlari ishlab chiqarishi natijasida to’lib qolishidir. Tibbiy nuqtai nazardan, ular husnbuzarlar uchun birinchi qadam hisoblanadi. Terining yomonlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun uy sharoitida ham tabiiy mahsulotlardan muntazam foydalanish tavsiya etiladi.

Dolchin kukuni

 

Dolchin kukuni yuzdagi qora nuqtalarga yaxshi ta’sir qiladi. 1 osh qoshiq dolchin yangi laym sharbati bilan aralashtiriladi va 20 daqiqa davomida yuzga surtiladi. Teshiklar to’liq tozalanmaguncha niqobni ketma-ket uch kun takrorlash tavsiya etiladi.

 

Limon

 

Limon nafaqat terini samarali tozalaydi, balki uni oqartiradi ham. Yangi limon sharbati, tuz, qatiq va asal bilan skrab tayyorlash mumkin. Teshiklari kattalashgan joylarga muloyimlik bilan surtiladi va teri toza suv bilan yuviladi.

 

Asal

 

Asal bilan qo’llanadigan niqoblar birdaniga ikkita ishni bajaradi: ular teshiklarni qora dog’lardan tozalaydi va terini taranglashtiradi. Mahsulotni teriga qo’llab, doka bilan o’rab olinadi va 10 daqiqaga qoldiriladi. So’ngra suv bilan yuviladi.

 

Kartoshka

 

Xom kartoshka qirg’ichdan o’tkaziladi va teriga surtiladi. 15 daqiqaga qoldirib, keyin suv bilan yuvib tashlanadi. Teshiklar to’liq tozalanmaguncha ushbu jarayonni har kuni takrorlash mumkin.

 

Zarchava

 

Yalpizning bir nechta yangi barglarini mayda to’g’rab, sharbati siqib chiqariladi. Unga maydalangan zarchava qo’shiladi. Aralashma yuz terisiga qo’llanadi va to’liq quriguncha kutiladi. Keyin niqob iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

 

Guruch

 

Guruch ustiga sut quyiladi va shishishi uchun 4-5 soatga qoldiriladi. Keyin blender bilan maydalanadi. Qora nuqtali joylarga qo’llanib, terining tozalanishi uchun barmoq uchlari bilan muloyimlik bilan ishqalanadi.

 

Apelsin po’sti

 

Apelsin po’stlog’i – yuzdagi qora nuqta uchun yana bir samarali vosita. U avval quritiladi va kukun holiga keltiriladi. So’ngra ozgina suv qo’shiladi va har kuni yuzga surtiladi, shunda qora dog’lar tez yo’qoladi.

 

Tuxum

 

Tuxum oqini qattiq bo’lguncha ko’pirtirib, unga asal qo’shiladi. Aralashma yupqa qilib teriga surtiladi, 30 daqiqaga qoldiriladi va keyin suv bilan yuviladi.

 

Bodomli skrab

 

Qora dog’larni tabiiy tozalash uchun bodom kukun kabi maydalanadi va unga no’xat uni qo’shiladi. Skrab nam teriga qo’llanib, barmoqlar bilan ishqalanadi va suv bilan yuviladi. Yaxshi ta’sir qilishi uchun jarayonni haftasiga 1-2 marta takrorlash mumkin.