«An-Nasr» Zidanga yiliga 60 million yevro maosh bermoqchi

«An-Nasr» Zinedin Zidanni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi, deya xabar bermoqda Marca nashri.

Qayd etilishicha, klub fransiyalik mutaxassisga yiliga 60 million yevrolik ikki yillik shartnoma taklif qilgan. Murabbiyning o’zi va uning atrofidagilar bu taklifga hozircha munosabat bildirishmagan. Oldinroq «An-Nasr» Joze Mourinoning ham nomzodini ko’rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Rudi Garsiya «An-Nasr» bosh murabbiyligidan ozod etilgandi. Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu shu jamoada o’ynaydi. Zidan va Mourino u bilan «Real Madrid»da birga ishlagan.

«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatida 23 uchrashuvda 53 ochko jamg’argan holda ikkinchi o’rinda bormoqda. Birinchi o’rindagi «Al-Ittihod» hisobida 3 ochko ko’p ochko bor.

50 yoshli Zidan 2021 yilda «Real»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.