Quyosh nuri ostida uzoq vaqt bo’lish turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Xususan, mutaxassislar jazirama kunlarda quyosh nuri tufayli insonlarda turli allergik reaksiyalar paydo bo’lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida yuzaga keladigan kasallik fotodermatoz deb ataladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, bu xastalik dunyo aholisining taxminan 20 foizida uchraydi.
Ko’pincha fotodermatoz belgilari muolajalardan so’ng yo’qolib ketadi.
Oldini olish choralari:
Avvalo, soat 10:00 dan 15:00 gacha soya-salqin joylarda bo’lish tavsiya etiladi.
Imkon qadar yopiqroq kiyinish kerak.
Quyosh nuriga qarshi kremlardan foydalanish zarur.
‼️Eritromitsin, Tetratsiklin va Streptomitsin kabi dorilar ultrafinafsha nurlarini kuchli tortib olish xususiyatiga ega. Ularni qabul qilgan yoki yuz sohalariga surtgan bemorlar issiq kunlarda ko’chaga chiqishlari mumkin emas.