Qovoq urug'i soch to'kilishini bartaraf qiladi

 

Qovoq urug’i xalq tabobatida erkak va ayollardagi soch to’kilishini davolovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Tadqiqotchilar ushbu usulning samaradorligini tasdiqladi.

Koreyalik trixologlarning tajribasi shuni ko’rsatdiki, 200 mg qovoq urug’i yog’ili kapsulalarni qabul qilish kallik bilan og’rigan erkaklarda soch o’sishi tezligini 40 foizga oshirgan.

Yana bir tadqiqot shuni ko’rsatdiki, urug’ moyi ayollarda ham soch to’kilishini davolashga yordam bergan.