«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni kubogi nimchorak finalida «Al-Vehda» jamoasiga qarshi kechgan bahsda jamoa murabbiylar shtabi bilan tortishib qoldi. Birinchi bo’limdan so’ng maydonni tark etgan 38 yoshli portugaliyalik futbolchi murabbiylarga nisbatan g’azab bilan nimadir dedi.
Uchrashuv «An-Nasr»ning 0:1 hisobidagi minimal mag’lubiyati bilan yakunlandi. Ronaldu jamoasi sensatsion tarzda turnirni tark etdi.
Krishtianu «An-Nasr» safiga 2023 yil boshida kelib, 2,5 mavsumga shartnoma imzolagandi. Hujumchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish