Ozish uchun parhez qilish shart deb o’ylaganlarning fikri «Domashniy ochag» nashri tomonidan taqdim qilingan tavsiyalarga amal qilgandan keyin o’zgarishi aniq.
Yangi parhez ketidan quvmang
Yangi parhezlar tez, ammo qisqa natija beradi. Parhez davri yakuniga yetganidan keyin ko’pchilik energiyaga boy taomlarni iste’mol qilishni boshlab yuboradi. Foydali odatlarga o’rganish sekin kechishi mumkin, ammo buning sarvqomat bo’lishga hissasi katta.
O’ylab topilgan ratsion — sizga to’g’ri kelmasligi mumkin
Ko’pchilik oldindan tayyorlangan ratsion asosida, kaloriyani hisoblab ovqatlanadi. Agar ularning har ikkisi stressga sabab bo’lsa, organizmdan vazn ortishiga ham olib keladigan kortizol gormonining ajralishi jadallashadi.
Oqsilni kanda qilmaslik
Nafaqat go’sht, balki soya va sabzavotlar, yong’oq va pistalar ham oqsilning koni sanaladi. Uglevodlardan ko’ra oqsilli taomlarni hazm qilishga energiya 15 foiz ko’proq sarflanadi. Ya’ni organizm baliq filesini hazm qilish uchun makaronni hazm qilishdan ko’proq energiya sarflaydi.
Taomlarni tanlash
Ponchik yoki taqiqlangan boshqa bir mahsulotni iste’mol qilgan bo’lsangiz, o’zingizni aybdor his qilmang. Zararli ekani haqiqat, ammo ponchikdan voz kechib, uyga kelib ikki karra tuzi ko’p boshqa yegulik yeyishingiz mumkin. Bu bir quti konfet yoki boshqa shirinlikni kanda qilmaslik kerakligini bildirmaydi. Shunchaki, organizmda stress bo’lmasligiga e’tibor qaratish kerak.
Ko’proq suv ichich
Suv ichish nafaqat organizmni to’ydiradi, balki kaloriyani kamaytirishga ham yordam beradi. Suvga biroz tuz qo’shsa ham bo’ladi. Siz ochlik deb o’ylagan his aslida chanqoq bo’lishi mumkin.
Jismoniy faollik
Jismoniy faol bo’lish salomatlik uchun juda ham muhim. Shu sabab ham sport bilan shug’ullanish yoki hech bo’lmaganda sayr qilish tavsiya qilinadi.
Foydali yog’lar
Yog’larning barchasi ham salomatlik uchun zararli emas. Foydali yog’lar organizm uchun zarur ekani hisobiga har kuni avokado yeyish tavsiya qilinadi.
O’zingiz taom tayyorlang
Dam olish kunlari foydali mahsulotlardan ovqat tayyorlash ham yaxshi samara beradi. O’zingiz tayyorlagingiz hisobiga sifatli taom sog’lom bo’lishingizga hissa qo’shadi.