“Manchester Yunayted”ning “Vilyarreal”ga qarshi o'yiniga oid statistika va faktlar

“Manchester Yunayted”ning “Vilyarreal”ga qarshi o’yiniga oid statistika va faktlar

 

▪️Donni van de Bek Sulsher iste’fosidan keyingi ilk o’yinda asosiy tarkibda tushdi. Brunu Fernandesh joriy mavsum YChLda ilk bor zaxirada qoldi;

 

▪️“Man Yunayted” Aleks Fergyuson davridan keyin 4-marta YChL pley-off bosqichiga chiqdi;

 

▪️Jeydon Sancho “Man Yunayted”da 15-o’yinga kelib, jamoa safidagi debyut golini urdi;

 

▪️Maykl Kerrik “Man Yunayted” boshqaruvidagi debyut o’yinida g’alaba qozongan 1931-yildan keyingi ilk angliyalik mutaxassis bo’ldi. 90 yil avval Uolter Krikmen ushbu natijaga erishgandi.

 

Ronalduga oid statistika bilan birozdan keyin gaplashamiz. Chunki uning o’zi boshqa bir katta mavzu.