Qatiq ichaklar mikroflorasini shakllantirish uchun eng muhim mahsulot sifatida e’tirof etiladi. Hayot davomida hazm qilish a’zolarida ko’p bekteriyalar yig’ilib qoladi, ularning ko’pchiligi esa kasalliklarni keltirib chiqarishi bilan birga, organizmdagi qarish jarayonini tezlashtiradi. Qatiq esa ichki a’zolarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, ichaklar faoliyatini rag’batlantiradi.
Qatiq tarkibidagi ko’plab foydali bekteriyalar, vitamin va aminokislotalar nafaqat ichaklar mikroflorasi, balki immun tizimini mustahkamlaydi, uyquning tinch bo’lishiga yardam berib, asab tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Maslaxat 1
Diqqatni bir joyga jamlash kerak bo’lgan paytda qatiq ichmagan ma’qul. Har qanday sutli maxsulot, shu jumladan qatiq ham asab tizimini bo’shashtirib, unga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Maslaxat 2
Qatiq nordon mahsulot bo’lgani bois, kislotalilik darajasi yuqori bo’lgan kishilarga tavsiya etilmaydi.
Maslaxat 3
Sut mahsulotlariga nisbatan alergiyasi bo’lgan kishilar qatiq ichmaganlari ma’qul. Ularga biokefir tavsiya etiladi.
Maslaxat 4
Qatiq iste’molining bir kunlik me’yori 200-400 grammni tashkil etishi lozim.
Maslaxat 5
Qatiqni hech qachon o’ta sovuq xolda ichmang. U xona haroratida bo’lishi va kichik ho’plamlar bilan ichilishi kerak.
Maslaxat 6
Agar qatiqni ozish maqsadida iste’mol qilsangiz, yog’lilik darajasi 1-1.5 % ligini tanlaganingiz ma’qul. Yog’li qatiq ichish shishlardan aziyat chekuvchi bemorlarga tavsiya etilmaydi.