* * *
Polkovnikning miyasini operatsiya qilishyapti. Jarroh uning bosh chanog’ini yechib olib miyani sug’urdi. Shunda ichkariga oddiy askar kirib baqirdi:
— O’rtoq polkovnik, sizga general-mayor unvonini berishibdi!
Bu xabarni eshitgan polkovnik dast o’rnidan turdi-da, boshiga kepkasini kiyib tashqariga otildi. Vrach undan so’radi:
— Kechirasiz, miya-chi?..
— E, endi menga miyaning nima keragi bor?
* * *
Harbiy qism kinoteatrida detektiv kino ketyapti. Bosh qahramon ayol xiyonatkor erini otib o’ldirdi-da, ovozining boricha qichqirdi:
— Xudoyim, endi nima qilaman?
Zalda o’tirganlardan biri unga javoban dedi:
— Nima qilarding? Qurolni tozalab omborchiga topshir!
* * *
Serjant haydovchilarga yangi mashinaning qulay tomonlarini tushuntiryapti:
— Bu mashina eng so’nggi yangilik hisoblanadi. Tovushdan ham tezroq harakatlana oladi. Eng yaxshi tomoni shuki, siz hali motorga o’t qo’ymasingizdan kasalxonada turgan bo’ladi.
* * *
— Jasur askar ehtiyotkor askardan nimasi bilan farqlanadi?
— Jasur askar komandirning kamchiliklarini yuziga aytadi.
— Ehtiyotkor askar-chi?
— U ham aytadi. Faqat… Telefon orqali aytadi.
* * *
Ona besh yashar o’g’liga tanbeh beryapti:
— Hadeb sakrayvermagin, qorning katta bo’lib qoladi!
Bola ko’chaga chiqsa homilador ayol turibdi. Sekin yoniga kelib dedi:
— Ana shunaqa bo’ladi. Kamroq sakrash kerak edi.
* * *
Bola bobosiga dedi:
— Bobo, pensiyangizdan menga ming so’m qarz berib turing! Pensiyaga chiqqanimda qaytaraman.
* * *
Kechki ovqat mahali. Oila a’zolari ovqatlanishyapti. Ona kichik o’g’liga dedi:
— Suyakni dadangga ber! Sen it emassan-ku!
* * *
— Bugun xotinim kurortdan turib qo’ng’iroq qildi. Uch kiloga ozganmish.
— O’, zo’r-ku!
— Nimasi zo’r? Uning o’sha turishiga uch kiloga ozishi «Neksiya»ni uch so’m arzoniga sotib olish bilan baravar.
* * *
Bir yigit o’zini yomon his qilib, kasalxonada to’liq tekshiruvdan o’tishga qaror qildi. Tekshiruvlar tugagach, vrach unga dedi:
— Sizni hech nima bilan xursand qila olmayman. O’pkangizning bittasini olib tashlashga to’g’ri keladi.
— O’pkam soppa-sog’ edi-ku!
— Bilaman. Biroq jigarga joy yetmayapti.
* * *
— Do’xtir, tuni bilan uyqu orasida xurrak otaman. O’zimning xurragimdan o’zim uyg’onib ketaman. Nima qilay?
— Boshqa xonaga kirib yoting!
Olimjon HAYIT tayyorladi