“Blackpink” guruhi Ginness rekordini o'rnatdi

Janubiy Koreyaning “Blackpink” guruhi Ginness rekordini o’rnatishga muvaffaq bo’ldi. Xonandalarning YouTube platformasidagi rasmiy kanaliga joylashtirilgan videokliplar shu kunga qadar internet foydalanuvchilari tomonidan 30 milliard marta tomosha qilingan.

Rekord 2023 yil 10 aprel kuni o’rnatilgan. Guruh vakillari shu tariqa o’zlaridan avvalgi rekordchi – Jastin Biberni ortda qoldirib ketishga muvaffaq bo’lishgan.

Eslatib o’tamiz, “Blackpink” dunyodagi eng mashhur pop-guruhlardan biri hisoblanadi. Guruh ijodkorlarining ismi shu kunga qadar Ginness rekordlari kitobiga 21 marta kiritilgan.