Shu yilning 20 iyul — 5 avgust kunlari Saudiya Arabistonida Qirol Salmon kubogi deb nomlangan musobaqa bo’lib o’tadi. Unda arab mamlakatlari chempionlari ishtirok etadi. Bu haqda «Futbolium» telegram kanali xabar taqatdi.
Saudiya Arabistoni chempionati o’tgan yilgi mavsumida chempionlikni «Al-Hilol» qo’lga kiritgan bo’lsa-da, «An-Nasr» klubi ushbu musobaqa ishtirok etishi hozirdanoq ma’lum bo’ldi (Ronaldu tufayli). Saudiya chempionatining 19-turidan so’ng «An-Nasr» 46 ochko bilan peshqadam bo’lib turibdi. Jamoa 2-o’rindagi «Al-Ittihod»dan 2 ochko oldinda bormoqda.
Musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etadigan 16 jamoadan 10tasi hozirdan ma’lum:
«Raja» (Marokash) — avvalgi musobaqa g’olibi;
«Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) — avvalgi musobaqa finalchisi;
«An-Nasr» (Saudiya Arabistoni) — maxsus mehmon;
«Beluzidad» — Jazoir chempioni
«Zamalek» — Misr chempioni
«Ash-Shorta» — Iroq chempioni
«Vidad» — Marokash chempioni
«As-Sadd» — Qatar chempioni
«Al-Hilol — Saudiya Arabistoni chempioni
«Esperans» — Tunis chempioni
Guruh bosqichida ishtirok etadigan yana 6 jamoaning nomi saralash bosqichi yordamida aniqlanadi. Uch bosqichdan iborat saralashda esa 39ta klub qatnashadi.