“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe o’zining futbolkasini ikki hafta oldin qizi vafot etgan “Nant” futbolchisi Ignatius Ganagoga sovg’a qildi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, hujumchi Fransiya chempionatining 26-turidan o’rin olgan “Nant”ga qarshi o’yinda, klub safidagi 247-uchrashuvida o’zining 201-golini kiritdi va jamoa uchun 200 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. U shu tariqa Edinson Kavanini ortda qoldirdi.
Kilian Mbappe 2017 yilning yozida “Monako”dan “PSJ”ga o’tgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo’ljallangan.
Mbappe Fransiya chempionatining joriy mavsumida 22 ta o’yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 7 ta o’yinda 7 ta gol urgan.