Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Argentinaga qarshi JCh-2022 finalidan oldingi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
«Men Fransiyani final uchrashuvining favoriti deb bilaman. Lekin tan olishimiz kerakki, Argentina o’yindan o’yinga yaxshiroq o’ynaydi. Bu jamoa jiddiy rivojlanmoqda. Shu bilan birga, ular bizdan ko’ra kichikroq o’yinchilarga tayanadilar. Ularning tarkibi bunday zich emas. O’ylaymanki, Fransiya jahon chempioni bo’ladi. Yuragim menga o’yin samarali bo’lishini aytmoqda», – dedi mamlakat prezidenti.
Argentina – Fransiya o’rtasidagi final o’yini 18 dekabr Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Izohlarni ko`rish