Krishtianu Ronaldu «Real»ning mashg'ulotlar bazasida shug'ullanmoqda

Hujumchi Krishtianu Ronaldu «Real» mashg’ulotlar bazasida shug’ullanmoqda.

Relevo nashrining xabariga ko’ra, 37 yoshli portugaliyalik madridliklarning asosiy jamoasi mashg’ulot o’tkazadigan maydonda emas, balki, majmua maydonlarining birida jismoniy holatini saqlab qolish uchun harakat qilmoqda.

Ayni damda Krishtianu erkin agent maqomida. Noyabr oyida u «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qilgandi.

Ronaldu 2009 yildan 2018 yilga qadar «Real» sharafini himoya qilgan. Jamoa bilan birga ikki martadan La Liga va Ispaniya Kubogida zafar quchgan, 4 marta Chempionlar Ligasi g’olibiga aylangan.