Messining ortidan Barselona mablag' ishlab olishi mumkin

Argentina terma jamoasining jahon chempionatidagi g’alabasi «Barselona»ga pul keltirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko’ra, agar Lionel Messi jahon chempionati g’olibligini qo’lga kiritsa, «ko’k-anorranglilar» taxminan 120 ming yevro oladi.

Eslatib o’tamiz, 18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi jahon chempionati finalida yarim finalda Marokashni 2:0 hisobida mag’lub etgan Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Messi 2021 yilning yozida «Barselona»ni tekinka tark etgandi. O’shandan beri argentinalik futbolchi birinchi mavsumidayoq Liga 1 g’olibi bo’lgan Fransiyaning «PSJ» jamoasida o’ynamoqda.

Lionel ayni damda jahon chempionati to’purarlar jadvalida 5 ta gol bilan Kilian Mbappe bilan birinchi o’rinni egallab turibdi.