Di Marsio: «Roma» Shomurodov bilan xayrlashadigan bo'ldi, unga «Monsa», «Bolonya» va «Torino» da'vogar»

Italiyalik hujumchi Belottining «Roma»ga kelishi va Klyuyvertning «Fulxem»ga transferi amalga oshmagani Eldor Shomurodovni Rimni tark etishini oydinlashtirib qo’ydi. Bu haqda italiyalik insayder Janluka Di Marsio o’z saytida yozmoqda.

Hamyurtimizga Italiya A Seriyasining «Monsa» va «Torino» klublari qiziqish bildirmoqda. Bulardan tashqari, «Bolonya» haligacha Shomurodovning transferidan umidini uzmagan.

Shomurodov «Roma» barcha musobaqalarda 40 o’yinda 5 gol urdi va 6 golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, jamoasi bilan Konferensiyalar Ligasida g’olib chiqdi.