rtugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning ehtimoliy transferi haqida xabarlar paydo bo’lishda davom etmoqda. ESPN nashri xabariga ko’ra, Ronalduning «Manchester Yunayted»dagi jamoadoshlari hujumchidan norozi va uni shu yozda jamoani tark etishini talab qilishmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, 37 yoshli portugaliyalikning aksariyat sheriklari Krishtianuning klubini o’zgartirish istagi haqidagi xabardan xursand bo’lishgan. Jamoa Ronalduning kiyim almashtirish xonasida bo’lishi jamoa ichidagi muhitga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblaydi.
Joriy transfer oynasida portugaliyalik futbolchiga bir qator top-klublar qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Da’vogarlar orasida «Bavariya», «Chelsi», «Sporting», «Barselona» va «Atletiko»lar bor edi, lekin yakunda bu jamoalar ushbu transferni amalga oshirishni xohlashmadi.
Hujumchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.