«Manchester Yunayted» «Monako» hujumchisi Vissam Ben-Yedderga qiziqish bildirmoqda. 31 yoshli hujumchi yozgi mavsumda «qizil iblislar»ni tark etishi mumkin bo’lgan Krishtianu Ronalduning o’rnini egallashi mumkin.
Ben Yedder Liga 1ning eng yirik hujumchilaridan biri bo’lib, «Monako» safida 124 o’yinda 73 ta gol urgan.
Avvalroq, Krishtianu Ronaldu o’zini transferga qo’yishni talab qilgani xabar qilingandi. «Yunayted» rahbariyati Ben Yedderni portugaliyalik hujumchi o’rniga nomzodlardan biri sifatida ko’rmoqda, deb xabar beradi Media Foot Marseille nashri.
O’tgan mavsumda futbolchi Liga 1da 37 ta o’yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish