Bokschilarimizning 6 nafari Osiyo chempioni bo'lishdi

Ular Iordaniyada o’tkazilgan o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga qatnashmoqda.

Bu haqda Boks federatsiyasi axborot xizmatiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Xabarga ko’ra, finalda jang qilgan qilgan 11 nafar o’zbekistonlik bokschidan 6 tasi yakunda qit’a chempionligini qo’lga kiritdi. Shu tariqa o’smir yigitlar jamoasi musobaqani 6 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.

 

Oltin medalni qo’lga kiritgan sportchilar:
-48 kilogramm: Ilhom Ergashev
-50 kilogramm: Samandar Olimov
-70 kilogramm: Jafar Shahbozov
-75 kilogramm: Temur Abduvohidov
-80 kilogramm: Rahmonjon Qodirov
+ 80 kilogramm: Ozodbek Aliyev
Kumush medal sohiblari:

 

-52 kilogramm: Sunnatilla O’ktamaliyev
-54 kilogramm: Mironshoh Norqosimov
-57 kilogramm: Farruh To’laganov
-60 kilogramm: Mirzakamron Yunusov
-63 kilogramm: Hojiakbar Qudratov
 
Bronza medali sohibi:

 

-66 kilogramm: Sardor Dilolov