U bir qancha xorijiy brendlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Millionlab muxlislarga ega portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges uning pullaridan foydalanishi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.
Jorjina Rodriges Ronalduning hisob raqamida qancha mablag’ borligini aniqlashga harakat qilmaganini ma’lum qilgan. «Forbes» manbalariga ko’ra, model bir qancha xorijiy brendlar bilan hamkorlikda ishlashdan tashqari Shveysariyadagi zargarlik kompaniyasining elchisi hisoblanadi va shu bilan birgalikda, Amerika sport kiyimlari firmasi bilan shartnoma tuzgan. Jorjina Ronaldu bilan birga hayot kechirayotganidan baxtli ekanini, futbolchi bilan bo’lishi unga bir qancha maqomlarni berishini, biroq u bundan foydanlanmasligini va o’zida bor hamma narsani o’zi topganini aytgan.
«Men Krishtianu Ronaldu bilan birga bo’lganimdan baxtiyorman, unga haqiqatdan ham oshiqman va hamrohim borligidan o’zimni juda baxtiyor his qilaman. Uning maqomi menga juda ko’p imkoniyatlar berishini bilaman, lekin menda bor narsalarimni o’zim topdim» — deydi Jorjina Rodriges.
Avvalroq Jorjina Ronalduni uchratishidan oldin qanday yashagani haqida gapirgan edi.
O’zi haqidagi filmda model tug’ilgan shahri Jakada singlisi bilan restoranda o’tiradi va bolaligida puli yo’q paytlarni eslab derazaga qaraydi. Piyoda yurib shirinlik do’koniga boradi va o’zi xohlagan narsani yuz yevroga sotib oladi (Jorjina bolaligida bunday narsani faqat orzu qilgan).
Keyingi voqealarda u Madridda ishlagan mehmonxonasiga qaytadi. Jorjina mahalliy cherkovga ibodat qilish uchun boradi va shu yerda turib juda dindor ekanini, Xudo uni himoya qilishiga ishonishini, unga kuch-quvvat berishini aytadi.
«Men juda dindorman. U doim meni himoya qilayotganini his qilaman. Alloh taolo meni doim ilhomlantirgan, kurashishim uchun kuch-quvvat bergan va to’g’ri yo’lga hidoyat qilgan», — deydi model.
Uning hayoti 18 yoshida, ya’ni Madridga ko’chib o’tgandan keyin uncha o’zgarmadi. Model bu yerga kelib «Massimo Dutti» butigiga ishga kiradi va bir muncha vaqt o’tgach «Gucci» do’koniga ishini ko’chiradi. Biroq u qimmat brendlarni sotgan bo’lsa ham 300 evroga oshxonada yashaydi. Bir kuni juda charchab yig’lagan holatda qo’shnisidan ovqat so’raydi va qo’shni ayol unga ovqat beradi. Keyinchalik u Ronalduni uchratganidan keyin hayoti o’zgargani haqida gapirgan.
«Xudoga shukr deyman, men har kuni ko’p onalarga o’xshab soat 7:00 da turib, 21:00 da uxlamayman, biroq avval shunaqa rejim bo’lgan. Men 8:00 yoki 10:00 da uydan chiqib, 22:00 da uyga qaytardim. Endi men hamma vaqtimni bolalar bilan o’tkazyapman», — deydi Ronalduning sevgilisi Jorjina.
Shuningdek Krishtianu Ronalduning sevgilisi o’zi haqida yaratilgan serialda bosh rolni o’ynashi aytilgan edi.
«Netflix» Ispaniyaning mashhur modeli, futbolchi Krishtianu Ronaldoning sevgilisi, sohasi bo’yicha ko’plab xalqaro mukofotlarning sohibasi Jorjina Rodrigesning hayoti va kasbiy faoliyati aks etgan «Men Jorjinaman» nomli serialni suratga oldi va ushbu serialda uning o’zi bosh rolni ijro etgan. Hozirda serialning faqat treyleri namoyish etilgan va uning to’liq qismlari 2022 yilning 27 yanvaridan boshlab ekranlarda namoyish etilib, sotuvga chiqariladi.