Diyarbakir qal’asi ikki qismdan, ichki qal’a va tashqi qal’adan iborat.
Diyarbakir qal’asining to’rtta asosiy darvozasi bo’lib, shimolda Dag’ Kapi (Harput darvozasi), g’arbda Urfa (Yunon darvozasi), janubda Mardin darvozasi, sharqda esa Yangi darvoza hisoblanadi.
Taxminan, to’qqiz ming yillik tarixga ega ekanligi tahmin qilingan Diyarbakir shahar devorlari 2015 yilda YuNESKO tomonidan Butunjahon merosi ob’yekti sifatida ro’yxatga olingan.
Shahar devorlarining parametri, taxminan, 5200 metrni tashkil qiladi. Ich qal’a bilan birga istehkom devorlarining umumiy uzunligi, taxminan, 5800 metrni tashkil qiladi. Taqriban, 645 metr shahar devorlari turli sabablarga ko’ra buzib tashlangan. Diyarbakirdagi qal’alar aylana, to’rtburchak yoki ko’pburchak shaklida insho etilgan. Qal’ada 82 ta minora mavjud. Relyefga mos ravishda qurilgan devorlarning balandligi 10-12 metrni, eni esa 3-5 metrni tashkil qiladi.
Diyarbakir qal’asi butun shaharni o’rab turgan devor shaklida qurilgan. Qal’a bilan birgalikda mudofaa maqsadida qurilgan devorlar eramizdan avvalgi 4-mingyillikda atrofida mintaqaning mahalliy xalqi Hurilar tomonidan qurilgani taxmin qilinadi. Qal’a, keyinchalik Vizantiya imperatori Konstantin tomonidan ta’mirlangan.
Har shahardagi binoning o’z tarixi bo’lgani kabi bu minoralarning ham o’z afsonalari bor. Unga ko’ra, usta va uning shogirdi kim eng chiroyli imorat qurishga garov o’ynashadi. Devorlarning janubiy tomonida “Etti aka-ukaʼʼ qal’asini qurgan usta va uning yaqinidagi qal’ani qurgan shogird omma oldida: «G’olib menmi yoki sizmi?» – deb so’raydi. Biroq, usta shogird san’atining ustunligini tan oladi va o’zini devordan tashlaydi. Ustaning o’limiga chiday olmagan shogirdi ham uning orqasidan sakraydi. Raqobat va do’stlik bilan yo’g’rilgan usta va shogirdning hikoyasi sodir bo’lgan joy Ben-u Sen nomi bilan mashhur bo’lib, u «Men va Sen» degan ma’noni anglatadi.
Diyarbakirga kelganda shahar devorlarini albatta ko’rish kerak. Siz shaxsiy avtomobilingiz yoki jamoat transporti yordamida Diyarbakir shahar devorlariga osongina borishingiz mumkin. Shuningdek, qal’ada joylashgan kafelarda dam olib, choy va qahvani ho’plab zavqlanishingiz mumkin.