Nima uchun oyoqlarni chalkashtirib o’tirish xavfli ekanligini bilasizmi?
Tizza ostidan ikkita katta arteriya qon tomiri o’tib, bu qon tomirlar oyoqlarning pastki qismi hamda tovon sohasidagi minglab muhim nerv tolalarini, mushaklarni qon bilan ta’minlaydi.
Agar bir oyoqni ikkinchi oyoq ustiga qo’yganingizda, oyoqning tizza osti sohasidan pastki soha mushak hamda nerv tolalariga yetarlicha oziq moddalar yetkazilmay qoladi.
Bunday holat kapillyar hamda vena qon tomirlarining varikoz kengayishini va ko’plab boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.
Agar ishonch hosil qilmoqchi bo’lsangiz, 40 yoshdan oshgan va bunday holatda o’tirishni odat qilgan insonlar oyoqlariga e’tibor bering va bunday muammolarning belgilarini ko’rasiz.
Sizga esa bunday odatdan voz kechishingizni tavsiya qilamiz.