Gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyang «Arsenal»ni tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Arsenal» Obameyang bilan shartnoma tomonlar kelishuviga ko’ra bekor qilgan.
32 yoshli futbolchi so’nggi 2,5 mavsum davomida «Arsenal» sardori bo’ldi. Obameyang safida barcha musobaqalarda 162ta o’yin o’tkazib, 92ta gol urdi.
Uning keyingi jamoasi «Barselona» bo’lishi aytilmoqda. Futbolchi allaqachon kataloniyaliklar mashg’ulotlarida ishtirok etmoqda. Biroq klub uning transferini hali e’lon qilganicha yo’q.
Izohlarni ko`rish