-Ajinlar mimik mushaklarining tarkibi va tuzilishi o’zgarishidan paydo bo’ladi. Odatda, 25-30 yoshdan keyin organizmda kollagen, elastin va gialuron kislotasi miqdori kamayib boradi. Ular teri tashqi yuzasiga javob berib, taranglik va elastiklik bilan ta’minlaydi.
– Organizmda ushbu moddalarning kamayishi dastlabki mimik ajinlarni keltirib chiqaradi.
Tashqi omillardan stress, uyqusizlik, zararli odatlar, ultrabinafsha nurlari, suvsizlanish, kimyoviy moddalar, noto’g’ri parvarish, yomon ekologiya ham ajinlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
– Erta ajin paydo bo’lishini oldini olish uchun sog’lom taomlanish, yetarlicha uxlash, ko’p suyuqlik ichish va stressga chidamlilikni oshirish lozim.
SoglomHayot
Izohlarni ko`rish