Britaniya matbuotining yozishicha, Angliya Federatsiyasi «Manchester Yunayted» futbolchisi Entoni Elanganing holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Sababi, futbolchi Angliya terma jamoasida o’ynash huquqiga ega. Biroq, uning Shvetsiya va Kamerun jamoalarida o’ynash imkoniyatlari ham bor.
Elanga Shvetsiyaning turli xil yosh toifadagi jamoalarida o’ynagan. Chunki, Elanga shu mamlakatda tug’ilgan. Ma’lumotlarga ko’ra,o’yinchi hech narsani o’zgartirmoqchi emas va faoliyatining qolgan qismini ham Shvetsiya safida o’tkazmoqchi. Qolaversa, shvedlar jahon chempionatining pley-off bosqichida 19 yoshli futbolchining yordamiga umid qilishmoqda.
Ma’lumot o’rnida, bu mavsumdan Elanga Premyer-ligada o’ynay boshladi va hatto chempionatdagi birinchi golini ham kiritdi.