Tez va oson: bir zumda makiyaj qilish uchun mutaxassisdan 10 tavsiya

10 daqiqada ketish kerak va siz hali ham tayyor emasmisiz? Shuningdek, makiyaj vositalari yetarlicha mavjud emasmi? Bu muammo emas! Quyida makiyaj muammolarini qanday tez va oson hal qilishni ko’rsatamiz.

 

1 Rumyanani qovoqqa surting

Qo’lida faqat tush va rumyanasi borlar diqqatiga! Yonoqlarga pushti yoki shaftolirang bilan oro berilganda ko’z qovog’ini ham bo’yashni unutmaslik kerak. Ushbu layfxak bir zumda tasvirni boyitadi.

2 Qalamni yuqori haroratda eriting

Qanday qalamdan foydalanishdan qat’i nazar, professional bo’yanish har qanday ayol uchun ahamiyatli. Ko’zlaringizni bo’yashdan oldin qalamni olov ostida bir necha soniya ushlab turish kerak. Shundan keyin qalam yanada yumshoqroq bo’ladi va makiyaj jarayonida qiyinchilik tug’dirmaydi.

3 Sponjga yog’ surting

Agar teri quruq bo’lsa, tonal kremni surtish muammo bo’lishi mumkin. Bu kabi holatda cho’tkadan foydalanish tavsiya etilmaydi, balki sponj yaxshi samara beradi. Ishlatishdan oldin uni suv yoki yuz uchun maxsus yog’da namlash zarur. Yog’ tonal kremini quruq va dag’al teriga ham mukammal tarzda qo’llanishiga yordam beradi.

4 Burun qanotlari va ko’prigiga konsiler surting

Ko’z ostidagi ko’karganlarni yashirish uchun konsilerdan foydalanganda boshqa ikkita muammoli joyni ham unutmaslik kerak. Bu burun qanotlari va ko’prigi, u ko’zning burchagiga yaqinroq. Bu joylardagi teri ko’pincha rang-barang bo’ladi va ushbu vositadan foydalanish makiyajni yaxshilashga imkon beradi. Aytgancha, hamma professional vizajistlar bu usuldan foydalanadi.

5 Soch uchun mo’ljallangan lakdan qoshga seping

Qoshlarni mukammal va taralgan ko’rinishi uchun maxsus gel yoki mum sotib olishingiz shart emas. Qoshni chiroyli ko’rinishga keltirgandan so’ng soch uchun mo’ljallangan lakdan sepish kifoya. Ushbu layfxak kun bo’yi tasvirning buzilishiga yo’l qo’ymaydi.

6 Ikkita tonal kremdan foydalaning

Yuzning hamma qismi ham bir xilda emas. Ko’z va og’iz atrofida yonoqlarga nisbatan ko’proq ajin bo’ladi. Shuning uchun yuzdagi nuqsonlarni mukammal darajada yashiradigan tonal kremidan faqat muammoli joylar uchun foydalanish mumkin. Ikkinchi tonal kremini esa shunchaki yuzning qolgan qismi va bo’yin sohasiga surish tavsiya etiladi.

7 Namlantiruvchi lab bo’yog’ini rumyana bilan birgalikda ishlating

Tovlanmaydigan lab bo’yog’i modada, lekin, afsuski, hatto eng yuqori sifatli lab bo’yog’i ham lablarni quritadi.  Buning oddiy va yoqimli yechimi bor. Odatdagidek namlantiruvchi lab bo’yog’ini surtib, uning ustidan rumyana surtish kifoya. Ushbu vaziyatda rumyana o’rniga upa surish tavsiya etilmaydi. Chunki u lab rangini ham yashiradi.

8 Cho’tkalarni tozalash uchun oddiy soch turmaklovchidan foydalaning

Turli rangdagi tenlardan foydalanishda cho’tkani tozalash uchun ajoyib vosita yordamga keladi. Bu soch turmaklovchi aylana. Unga cho’tkalarni ishqalash yordamida tozalash mumkin.

9 Praymerning o’rniga quyoshdan himoya qiluvchi krem

Agar yuzga quyoshdan himoyalovchi krem ​​bo’lsa, praymer sotib olishning hojati yo’q. Quyoshdan himoya qiluvchi krem teriga nozik va sog’lom nur beradi. Shuningdek, ushbu kremdan har qanday mavsumda ham foydalanish tavsiya etiladi.

10 Teri rangidagi qalam hamma narsaga asos bo’la oladi

Ko’z yoki lab uchun alohida asos sotib olishning keragi yo’q. Teri rangidagi qalam makiyajda juda katta yordam beradi. Undan ko’z, lab va qovoq uchun samarali foydalanish mumkin.

goodhouse.ru