BILASIZMI…

 

 

MIKROB HAQIDA AYRIM HAQIQATLAR

 

Mikroblar hamma joyda, har qanday sharoitda ham yashab qola oladi. Mikroblardan iborat dunyo xilma-xillikka yuz tutgan. Bakteriyalar orasida ulkan hisoblanganlari ham ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning hajmi ikki-uch millimetrgacha yetadi. Ba’zi mikroblar shu qadar maydaki, ularni hatto mikroskop orqali ko’rish amri mahol. Mikrob atmosferada, o’nlab kilometrlar balandlikda ham yashaydi. Olimlar o’n kilometrga cho’zilgan okean tubida ham bakteriyalar juda yaxshi umr kechirayotganini aniqlashgan.

Olimlarning aytishicha, shunday mikroblar borki, ular 20 soat davomida qaynab turgan suv ichida ham o’lmaydi. Arktikadagi bakteriyalar esa eng sovuq, tirik organizmlar yashab qolishi umuman mumkin bo’lmagan sharoitda tirik qolishiga nima deysiz.

Xulosa qilib aytganda, bakteriyalarning eng xavfli va bardoshlilariga qarshi olimlar arzirli kurash olib borishga hanuz qodir emas. Bu bakteriyalarni tom ma’noda yengishga imkon topilganicha yo’q.

 

BILASIZMI…BILASIZMI…BILASIZMI…