* * *
Xotin erini ertalab uyqudan uyg’otyapti:
— Dadasi, turing, sakkiz bo’ldi!
Er sapchib o’rnidan turdi-da, ko’zlarini ishqalay-ishqalay so’radi:
— Nima? Yana bitta gol urishdimi?
* * *
Tramvayda ketayotgan jinni boshqa bir jinnidan so’radi:
— Nega ikkita chipta olding?
— Bittasi yo’qolsa, ikkinchisini ko’rsataman.
— Ikkinchisiyam yo’qolib qolsa-chi?
— Unda oylik yo’l chiptam bor, o’shani ko’rsataman.
* * *
Besh yashar bolakay sabzavotdan tayyorlangan taomni yeyishdan bosh tortdi. Onasi so’radi:
— Nega shunday mazali sabzavotlardan tayyorlangan taomni yemaysan-a, bolam?
— Xudo meni shunday yaratgan bo’lsa, nima qilay, oyi?!.
* * *
— Dada, meni anavi Toshmat urdi!
— Urgan bo’lsa, senam javob qaytar!
— Men urmasidan burun javob qaytarib bo’lgandim.
* * *
Uchinchi sinfda o’qiydigan ikki bolakayning biri Zags bo’limidan chiqayotgan kelin-kuyovni ko’rib dedi:
— Hozir anavilarni bir boplaymi?
— Qanday qilib?
— Hozir ko’rasan.
Shunday deb bolakay kelin-kuyovlarga yaqin bordi-da, dedi:
— Didingizga qoyilman, dada!
* * *
Besh yashar bolakay tengdosh qizaloqdan so’radi:
— Katta bo’lganingda menga turmushga chiqasanmi?
— Yo’q.
— Nega?
— Bizning oilada hamma yaqin qondoshiga uylanadi. Masalan, bobom buvimga, amakim xolamga, dadam oyimga uylangan.
* * *
Ruhiy xastaliklar bosh vrachi skanvord yechyapti. Savol: Napoleon tug’ilgan orol…
U kutilmaganda ortga o’girildi-yu, jinnilarning biridan so’radi:
— Vey, ovsar, qaerda tug’ilgansan?
* * *
Er ishdan qaytayotib xotiniga qo’ng’iroq qildi.
— Xotin, men ishdan qaytyapman. Bugun kechqurun nima ovqat yeymiz?
— Kolbasaminan batondan buterbrod qilsam yeysizmi?
— Albatta yeyman.
— Unda baton bilan kolbasa opkeling!
* * *
Chukchaning budilnikli soati buzilib qoldi. Ustaxonaga olib keldi. Usta ham chukcha ekan. U soatning ichini ochsa, suvarak o’lib yotibdi. Soatni qaytadan yopdi-da, egasiga uzatib dedi:
— Bu soat endi hech qachon yurmaydi.
— Nega?
— Mexanik qazo qipti.
* * *
Gruzin katta yo’l bo’yida kabob pishiryapti:
— Kep qoling! Qora qo’chqorning go’shtidan bo’lgan kabobga keling!
O’tib ketayotgan bir odam hazillashgisi keldimi, undan so’radi:
— Uzr, cho’chqa go’shtidan tayyorlangan kabob yo’qmi?
Gruzin unga javob qildi:
— Ishon, oshna, mana shu qora qo’chqor tirikligida cho’chqadan battar edi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit