* * *
Prokurorning kabinetiga kichkina bolani olib kirishdi.
Prokuror:
— O’, biz tomonlarga kimlar tashrif buyuribdi-a!
Bolakay:
— Kim bo’lardi, buvisini o’ldirgan odam tashrif buyurdi.
* * *
Armandan so’rashdi:
— Agar ajoyib Yerevan shahriga bomba tashlashsa nima bo’ladi?
— Boku ham ajoyib shahar.
* * *
Ikki jinni sayohatga otlandi. Kechqurun ular qora uy qurib tunamoqchi bo’lishdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Qora uyni yo’l chetiga qurishimiz kerak.
Ikkinchisi:
— Jinnimisan? Qora uyni yo’l o’rtasiga quramiz. Qara, tep-tekis ekan!
Shunday qilishdi. Ertalab uyg’onishsa, yo’l chetida yuk mashinasi ag’anab yotibdi. Ikkinchi jinni birinchisiga dedi:
— Ko’rdingmi, agar qora uyni yo’l chetiga qurganimizda, anavi mashina bizni majaqlab tashlagan bo’lardi.
* * *
Ikki mushuk to’tiqushlar qafasi yonida turib bahslashyapti:
— Men qizilini yeyman.
— Nega endi?
— Sherigi yashil ekan. Hali pishmagan ko’rinadi.
* * *
Avtobusda.
— Kechirasiz, hozir tushasizmi?
— Sizga nima?
— Ie, men tushishim kerak.
— Menga nima?
* * *
Bemor vrachga uyqusizlikdan shikoyat qilyapti:
— Masalan, bugun kechasi o’n ikki marta uyg’ondim, shundan keyin umuman uxlay olmadim.
* * *
Tiqilinch avtobus haydovchisi yo’lovchilardan birini oldinga o’tishga undadi.
Yo’lovchi:
— Men manzilimga avtobusda yetib olish uchun pul to’laganman, piyoda ketish uchun emas!
* * *
Xotin eriga dedi:
— Meni judayam-judayam yoqimli so’zlar bilan erkalang!
— Oh, o’zimning shaqildoq ilonim!
* * *
— Og’ayni, sen hamisha xotiningning fikrini ma’qullaysanmi?
— Har doim ham emas.
— U bu ishingga qanday munosabat bildiradi?
— Hech qanaqa. U fikrini ma’qullamasligimni umuman bilmaydi.
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Kecha erim bilan karavotda gaplashib o’tirgandik. Juda kulgili ish bo’ldi.
— Nima bo’ldi?
— Gaplashib o’tirsak, birdan tashqari eshik taqillab qoldi… Ikkalamiz ham shosha-pisha shkafga berkinib olibmiz.
* * *
Jinni palto kiygan holda ko’lda cho’milardi. Boshqa bir jinni sohildan turib so’radi:
— Nima qilyapsan?
— Paltomni yuvyapman.
— Uyingda kir yuvadigan mashinang yo’qmi?
— Bor, lekin mashinada yuvsam boshim aylanib ketadi.
* * *
Muallima o’quvchiga dedi:
— Eshmat, «S» harfini yozishing menga yoqmayapti. Harf xuddi «e»ga o’xshab qolyapti.
— Sizniyam «5» raqamini yozishingiz menga yoqmaydi. Qachon qarasa, «2» ga o’xshab qolaveradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit