* * *
Muallima:
— Toshmatvoy, kitobni ichingda o’qi, boshqalarga xalal beryapsan!
— Ustoz, axir, men haqimda bu yerda hech narsa yozilmagan-ku!
* * *
To’rt erkak yap-yangi «Zaporojes»da ketishayapti. Hamma oynalar yopiq. Terlab ketishgan. Sheriklardan biri haydovchiga dedi:
— Oynalarni ochib qo’y, hozir bo’g’ilib o’lamiz-ku!
— Qo’yaver, ko’rganlar mashinamizda konditsioner bor ekan deb o’ylashadi.
* * *
Yangi boy mashinasini texnik ko’rikdan o’tkazayapti. Inspektor so’radi:
— Manavi qizil tugmacha nima?
— Bu yomg’irdan… Bossangiz…
— Tushundim, darrov mashinaning tepa qismi yopiladi.
— Yo’q, yomg’ir yog’ishdan to’xtaydi.
* * *
Sudya sudlanuvchidan so’radi:
— Nega bir do’konga uch marotaba o’g’irlikka tushdingiz?
— Birinchi marta xotinimga ko’ylak olib ketish uchun tushgandim. Xotinlarni bilasiz-ku, qaysar! Ikki marta almashtirib chiqishga to’g’ri keldi.
* * *
— Og’ayni, bu yil qaerda dam olib qaytmoqchisan?
— Sibirda.
— Nega?
— Sudya qo’ymayapti.
* * *
Ayol sibirlik dugonasinikiga mehmonga keldi. Qarasa, stol ostida sichqonlar yurishibdi.
— Voy, sichqonlar!.. Shimoldayam sichqon bo’ladimi?
— Bu sichqonmas, suvaraklar shuba kiyib olishgan.
* * *
Juhud og’aynisidan so’radi:
— Shunday yaxshi soatni qaerdan topding?
— Otam o’limidan oldin sotgan.
* * *
O’quv mashg’ulotlari paytida serjant sezdiki, yangi chaqirilgan askarlardan biri tinimsiz titrayapti.
U so’radi:
— Nega qaltirayapsan?
— Yo’q, men qo’rqqanimdan qaltirayotganim yo’q. Dushman hali mening bu yerdaligimni bilmaydi. Bildirib qo’ygim kelyapti.
* * *
Er-xotin qariguncha kim kimga qancha xiyonat qilsa, qopga shuncha un solib qo’yishga kelishib olishdi. Qarishgach, er uyalgan ko’yi kichkinagina qopchada un ko’tarib kelib xotinining oldiga tashladi.
— Qani, endi sen ko’rsat-chi!
Kampir katta qanorda un keltirib erning oldiga qo’ydi.
— Atigi shumi?
— Yo’q, axir, bu qanordan un olib qancha marta sizga non pishirib berganman!
* * *
Sevishganlar maysalar ustida o’tirgancha suhbat qurishardi. Bir mahal kakkuga ko’zlari tushib undan so’rashdi:
— Kakku, biz qancha yashaymiz?
— Ku-ku.
— Ie, nega buncha kam?
Shunda kakku tilga kirib dedi:
— Men insof bilan javob berdim. Agar mana shu nam joyda o’tiraversangiz, shunchayam yashay olmaysiz.