“Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Oltin to’p”i qaysi futbolchi olishga haqli ekanligini ma’lum qildi.
“Benzema – bu yilgi o’yinlari bilan “Oltin to’p”ga boshqalardan ko’ra munosibroq ekanini ko’rsata oldi. Karim bilan ishlash men uchun sharaf edi. Bu yil ko’rsatgan o’yinlari bilan u boshqalardan ustun. Umid qilamanki, “Oltin to’p” sovrini aynan Karim Benzemaga topshiriladi. Men sovrinni aynan unga bergan bo’lardim”, – deya Zidan so’zlaridan keltirmoqda Telefoot.
Ma’lumot uchun, “Oltin to’p”ni topshirish marosimi 29 noyabr kuni Parij shahrida o’tkaziladi.
sport.ru
Izohlarni ko`rish