Tergovchilar «Yuventus» rahbariyati tomonidan sodir etilgani taxmin qilinayotgan moliyaqiy qoidabuzarliklarni tekshirish chog’ida jamoaning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan tuzilgan maxfiy bitimlarga oid hujjatlar yo’q qilinganini aniqladi.
La Gazetta dello Sport nashrining yozishicha, o’tgan yili Turin klubining shtab-kvartirasini tintuv qilish chog’ida rasmiylar Krishtianu Ronalduning shartnoma munosabatlari va maoshidan qarzlari bo’yicha shaxsiy kelishuvlar to’g’risidagi telefon suhbatlarini topishgan. Taxminlarga ko’ra, portugaliyalik bilan bog’liq maxfiy hujjatlar klub rahbariyati tomonidan yo’q qilingan.
«Tergovchilar «huquqbuzarlik» deb topilgan klub tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan keyingi soxta buxgalteriya amaliyotini qo’llab-quvvatlovchi elementlar, deb hisoblangan haujjatlar muvjudligini tasdiqlovchi audio dalillar topishgani va o’sha hujjatlar klubga 2019 yildan 2021 yilga qadar xarajatlarni kamaytirishga yordam bergani taxmin qilinmoqda», — deyiladi xabarda.