Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatida ikkita medalni qo'lga kiritishdi

Italiyaning Olbiya shahrida dzyudo bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jahon chempionati o’z yakuniga yetib bormoqda. Terma jamoamiz ushbu musobaqaning yakkalik bahslarini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo’mitasi xabar bermoqda.

-100 kg vazn toifasi finalida gruziyalik Iliya Sulamanidze bilan bahs olib borgan Suhrob Rajabov, afsuski, imkoniyatni boy berib qo’ydi va chempionatni kumush medal bilan tugatdi.

Ushbu vaznda bronza medali uchun kurashgan O’tkirbek To’raboyev esa germaniyalik Kilian Kappelmaerga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. +100 kg vaznda bronza medali uchun kurashgan boshqa bilan polvonimiz Shohruh Mamarasulov raqibiga mag’lub bo’ldi.

Shu tariqa terma jamoamiz yakkalik bahslarini 1 tadan kumush va bronza bilan yakunladi. Ertaga dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda ishtirok etishadi. Undagi dastlabki raqib Germaniya jamoasi bo’ladi.