«Barselona» futbolchilari uchun 19 aprel kuni tongi oson kechmadi. Boisi, Xavi futbolchilarni maxsus yig’ilishga taklif qildi. Mutaxassis ushbu yig’ilishda o’z e’tirozlarini futbolchilarga keskin tarzda bildirdi. Bu haqda Ispaniya OAV xabar tarqatdi.
Xavi o’z g’azabani jilovlay olmagan holda, ba’zi futbolchilarga bir nechta savollar berdi. Murabbiy futbolchilardan hech bo’lmasa o’z sha’nini o’ylashni so’radi. Bunday o’yin bilan jamoa La ligada kuchli to’rtlikka ham kira olmasligidan Xavi xavotir olmoqda.
21 aprel, payshanba kuni «Barselona» safarda «Real Sosyead» klubi mehmoni bo’ladi.
Izohlarni ko`rish