Ukrainalik bokschi, sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko engil vazn toifasida rossiyalik chempion Islom Maxachev bilan suratga tushganidan so’ng Ukrainada nafrat to’lqiniga uchradi.
Uchrashuv Las-Vegasdagi UFC 285 turnirida bo’lib o’tdi. Chempionatning rasmiy videosida ukrainalik bokschining rossiyalik bokschi yonida turib, do’stona jilmayib, suratga tushishi aks etgan.
Shundan so’ng ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bokschi Maxachevning Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan quchoqlashib tushgan suratlari joylashtirila boshlandi. Tarmoqlar Lomachenkoni musobaqalar uchun Ukrainadan chiqib ketishni taqiqlashni talab qilishdi.
Izohlarni ko`rish