4 oktyabr kuni Superliga va Pro liga tarbiyalanuvchilari Toshkent shahrida yig’iladi. Chig’atoy sport majmuasida turli hududlardan kelgan jamoalar o’rtasidagi musobaqa boshlanadi.
«O’zPFL bayrog’i ostida o’tadigan O’zbekiston U-14 chempionatida sof va toza futbol kafolatlanadi. Yaqin uch yil ichida parvoz qilishga tayyorgarlik ko’rayotgan o’smirlar sizni kutadi. Ko’ramiz, qaysi professional klub o’z poydevoriga qanday e’tibor bermoqda ekan», deydi O’zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo’jayev.
Jami 20 jamoa besh guruhda bahs olib boradi.
Musobaqalar 14 oktyabrga qadar davom etadi.
Izohlarni ko`rish