Uchburchak, to'rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig'idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

Sevimli liboslarni yangidek ko’rinishini uzoqroq saqlab qolish uchun ulardan to’g’ri foydalanish kerak. Buning uchun kiyimda berilgan yorliqqa ko’ra nimaga ruxsat berilgani va nima mumkin emasligini o’rganish lozim.

Idishda suv

Uchburchak, to'rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig'idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

Idishdagi suv – yuvish uchun ruxsat etilgan maksimal suv harorati. Ba’zan raqamlar o’rniga idishning ichida nuqta ham bo’lishi mumkin. Bir nuqta – eng past, ikki nuqta – normal, uchtasi – maksimal yuvish haroratini anglatadi. Idish ostidagi bir, ikki yoki uchta chiziq matoning nozikligini ko’rsatadi, chiziqlar qancha ko’p bo’lsa, rejimning eng quyisida yuvish lozim.

To’rtburchak

Uchburchak, to'rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig'idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

To’rtburchakning hammasi kiyimni qanday quritish haqida. To’rtburchak ichidagi aylana kiyimni avtomatik quritishdan foydalanish mumkinligini bildiradi. Shakl ostidagi chiziqlar esa matoning nozikligidan xabar beradi. Vertikal tasma kiyimni tik holatda quritish kerakligini anglatadi. va to’rtburchakning yuqori qismidagi yarim doira kiyimni faqat dorlarda quritish mumkin deganidir.

Aylana

Uchburchak, to'rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig'idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

Bu piktogramma kimyoviy tozalashni anglatadi. Ustidan chizilgan aylana, albatta, buni taqiqlaydi. Ichida harf yozilgan doira qaysi kimyoviy birikmani ishlatish kerakligi haqidagi savolga javob beradi. Bu ma’lumot kimyoviy tozalash ishchilari uchun mo’ljallangan.

Uchburchak

Uchburchak, to'rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig'idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

Ushbu belgi oqartirish haqida. Uchburchakdagi ikkita qiya chiziq matoni oqartirish mumkinligini ko’rsatadi, lekin xlorsiz. Bundan farqli o’laroq, uchburchakdagi Cl harflari xlorli oqartirgichdan foydalanishga ruxsat beradi.

O’zingiz yoqtirgan kiyimlarga to’g’ri parvarish qilayotganingizni tekshirib ko’ring.

cosmo.ru