Shomurodov Shaskix rekordini takrorladi

Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi 24 mart, juma kuni Boliviyaga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g’alaba qozondi.

 

Uchrashuvdagi yagona golni 36-daqiqada Eldor Shomurodov urdi. Shu tariqa Shomurodov O’zbekiston terma jamoasidagi gollari sonini 34 taga yetkazdi va to’purar Maksim Shaskixga yetib oldi. Eldor ushbu natijaga 62 ta o’yinda erishgan bo’lsa, Shaskixga 61 ta o’yin kifoya qilgan.

 

O’zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to’purarlar:

 

Maksim Shaskix — 34

Eldor Shomurodov — 34

Mirjalol Qosimov — 31

Aleksandr Geynrix — 31

Server Jeparov — 25

Odil Ahmedov — 21

Igor Shkvirin — 20

Igor Sergeev — 17

Jafar Irismetov — 15

Ulug’bek Baqoyev — 14.