«Roma» va O’zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourino haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Birinchi kunlardanoq u o’z oldiga katta maqsadlar qo’ygani va shu vazifalarni bajarishni maqsad qilgani ma’lum bo’ldi.U o’yin borasida ham, tartib-intizom borasida ham o’ta talabchan.U har bir o’yinda g’alaba qozonishni istaydi va futbolchilarni ham shunga undaydi», – deya Shomurodovning so’zlarini keltiradi UEFA sayti.
26 yoshli Shomurodov joriy mavsumda «Roma» safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Izohlarni ko`rish