Neymar «Real»ga qarshi o'yinda maydonda ekanligidan xursand

«PSJ» hujumchisi Neymar «Real»ga qarshi o’yinda maydonga qaytganidan xursand ekanligini yashirmadi.

Neymar 2021 yilning 28 noyabr kunidan beri maydonga tushmayotgandi. 30 yoshli braziliyalik futbolchi jarohat sababli «PSJ»ning Fransiya chempionatidagi 10 o’yinini o’tkazib yubordi.

«Men qaytdim. Yana maydonga qaytish va jamoadoshlarimga yordam berish naqadir quvonchlik… Buyuk g’alaba! Olg’a, Parij», — deb post qoldirdi Neymar.

View this post on Instagram

A post shared by NJ 🇧🇷 (@neymarjr)