Nodirbek Abdusattorov dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni mag'lub etdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Niderlandiyada shaxmat bo’yicha “Tata Steel-2023” xalqaro turniri o’tkazilmoqda.

Avvalroq, 5-turda musobaqa g’olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo’lib turgan o’zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov jahon tojdori hisoblangan norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surishi haqida xabar bergan edik.

Murosasiz o’tgan bahsda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen ustidan g’alaba qozondi.

5-tur yakunlariga ko’ra Nodirbek 4 ochko jamg’arib, peshqadamlar safida bormoqda. Karlsenda esa 2 ochko mavjud.