Kech yurtimizda Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro yarim marafoni hamda «Navro’z» IV xalqaro bo’lib o’tdi.
Ishtirokchilarning 100 nafardan ziyodini professional sportchilar tashkil etgan bo’lsa, qolgani havaskor va marafonga qiziquvchilardan iborat bo’ldi.
Shuningdek, marafonda bir qator xorijiy davlat diplomatlari, chet ellik mehmonlar, san’atkorlar bilan bir qatorda sport sohasining taniqli namoyandalari va yulduzlari, qolaversa yugurish bilan shug’ullanayotgan faxriylar ham qatnashdi.
Bu yilgi marafonda ishtirokchilar klassik marafon (42 km 195 m.), yarim marafon (21 km 97,5 m), 10 km, ekiden (jamoaviy estafeta) hamda 3 km masofada o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazishdi.
Bahslarda erkaklar va ayollar o’rtasida 1-5-o’rinlarni egallagan qatnashchilar pul mukofotiga sazovor bo’lishdi. Jumladan, 1-o’rin sohibi 30 million so’m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.