Server Jeparov murabbiyligidagi o'smirlarimiz Dubay yig'iniga jo'nab ketdi

O’zbekiston U-15 terma jamoasi Toshkentdagi yig’inini yakunlab, BAAga yo’l oldi. Bu haqda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo’lishicha, terma jamoamiz dubaydagi yig’in doirasida vakillarimiz 21 va 23-dekabr kunlari BAA U-15 terma jamoasi bilan o’rtoqlik o’yinida maydonga tushadi.

Har ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi.