Saudiya Arabistonida Ronaldu-Messi to'qnashuvi ro'y beradi

Saudiya Arabistoni katta o’yinga tayyorgarlik ko’rmoqda. «PSJ» klubi Saudiyaga tashrif buyurishini tasdiqladi.

Kristof Galtye jamoasi ushbu mamlakatda o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazadi. Saudiyaning «An-Nasr» va «Al-Hilol» klublari futbolchilaridan tashkil topgan aralash jamoa parijliklarga qarshi o’yinda ishtirok etadi. Bahs 19 yanvar kuni bo’lib o’tadi.

Mazkur uchrashuvda Krishtianu Ronaldu qatnashishi kutilmoqda. Ammo Messining ishtiroki hali aniq emas.

«PSJ» Saudiyadagi o’yinda ishtirok etish uchun Fransiya chempionati doirasida 15 yanvar kuni bo’lib o’tadigan «Renn»ga qarshi uchrashuvni keyinroqqa qoldirishni so’radi.