O'zbekistonlik shpagachi qizlar Jahon kubogida kuchli sakkizlikdan joy olishdi

Italiyaning Udine shahrida qilichbozlik bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.

O’zbekistonlik shpagachi qizlar 1/8 finalda Avstriyani 45:39 hisobida dog’da qoldirishdi, biroq yarim final ostonasida ispaniyalik raqibalariga 41:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi.