Sambo: O'zbekiston jamoasi jahon chempionatini 11ta medal bilan yakunladi

12-14 noyabr kunlari Toshkent shahridagi «Yunusobod sport majmuasi»da o’tkazilgan sambo bo’yicha jahon chempionati o’z yakuniga yetdi.

Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi, deya xabar bermoqda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi.

Ta’kidlanishicha, musobaqada ishtirok etgan o’zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo’lga kiritishgan.

Terma jamoa a’zolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Jamoamiz safida quyidagi sportchilar sovrindor bo’lishdi:

Oltin:

-58 kg:

Bahodir Bakiyev (jangovar sambo)

-88 kg:

Ixtiyor Eshmurodov

-98 kg:

Nodirjon Mirxalikov

Kumush:

-79 kg:

Ulug’bek Rahmonov

-64 kg:

Oybek Soliyev (jangovar sambo)

-50 kg:

Sabina Davlatova

-79 kg:

Furqat Ro’ziyev (jangovar sambo)

-88 kg:

Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo)

Bronza:

-59 kg:

Ibodatxon Agojonova

+98 kg:

Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)

-71 kg:

Istam Qudratov Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o’rinda yakunlashdi.

Birinchi o’rinni Rossiya vakillari egallashgan bo’lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashgan.

olympic.uz